Gurzuf — Qrim yarim orolning janubiy sohilidagi shaharcha, Yaltadan 10 km shim.-sharqda. Aholisi 11,6 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Dengiz boʻyi iqlim kurorti. A. P. Chexov, A. S. Pushkin muzeylari, VI asr qalʼasi gʻoldigʻlari bor. Gurzuf yaqinida Artek bolalar sogʻligʻini tiklash iqlimiy shifoxonasi joylashgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil