Akram Dadaboyevich Dadaboyev (1908, Xoʻjand — 1988-yil, 8-dekabr. Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1934). 1934—1966-yillarda hozirgi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, seleksioner, direktor. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1957—1961), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari (1966—1972). 1972-yildan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida maslahatchi. Dagʻal, pishiq va kalta tolali, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamli S-7059, S-7010, S-7068, S-7055, ertapishar va bargi tez toʻkiladigan, 42% gacha tola beradigan S-8230, S-8232, S-8257 va boshqa gʻoʻza navlarini yaratdi. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish muammolariga bagʻishlangan.

Asarlari Metodi vivedeniya i razmnojeniya novix sortov xlopchatnika, T., 1969 (N.G. Simongulyan bilan hamkorlikda).

Manbalar

Havolalar https://newspaperarchive.com/obituary-clipping-aug-14-1988-1750821/

Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzolari Turkum:Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar