Rimma Ivanovna Danilova (1906.16.1, Saratov — 1984-yil, 10-may, Toshkent) — patanatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1951). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1936). 1950-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti patanatomiya kafedrasi mudiri. Sil kasalligida, kimyoviy moddalardan zaharlanganda, aterosklerozda ichki sekretsiya bezlaridagi morfologik oʻzgarishlarga oid ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:16-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:5-oktyabrda vafot etganlar