Desna — Sharqiy Yevropadagi daryo. Dneprnit chap irmogʻi. Uzunligi 1130 km. Havzasining mayd. 88,9 ming km. Smolensk qirlaridan boshlanib, Kiyev shahardan 6 km yuqorida Dnepr daryosiga quyiladi. Asosan, qor, qisman yomgirdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi 360 m3/sek. dekabrning boshlarida muzlab, aprel boshlarida muzdan boʻshaydi. Novgorod-Severskiy shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Baliq ovlanadi, yogʻoch oqizishda foydalaniladi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Rossiyadagi daryolar Turkum:Ukrainadagi daryolar‎