Dividend ( — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlik jamiyati foydasidan aksiya egasiga beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan hamda qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʻng jamiyat ixtiyorida qoladigan foydaning aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan qismidan toʻlanadi.

Taqsimlanadigan hissa dividend massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa dividend stavkasi deb ataladi. Dividend miqdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning dividend miqdori ustavda belgilangan boʻlishi mumkin. Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Dividendning ahamiyati

Aksiyadorlar uchun — investitsiya qilingan kapitaldan olinadigan daromad manbai. Kompaniya uchun — aksiyadorlarni qiziqtirish va sodiq saqlash vositasi. Moliyaviy bozor uchun — aksiyaning haqiqiy qiymatini belgilovchi omillardan biri.

Oʻzbekistonda aksiyadorlar hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishlari mumkin. Ushbu xizmat Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan koʻrsatiladi.

Manbalar

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Iqtisodiy huquq Turkum:Iqtisodiy siyosat Turkum:Iqtisodiy tizimlar Turkum:Davlat Turkum:Huquq Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquq va iqtisodiyot Turkum:Iqtisodiy mafkuralar