Direksion (frans. direction — qoʻllanma) — kichik asarlar (marsh, raqs, qoʻshiq va hokazo)ning puflama sozlar orkestri uchun moslangan ixcham partiturasi. D.da barcha ovozlar 3—4 nota yoʻliga joylashadi va real sadosida yoziladi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil