Ota Durdiyev (1910-yil, 1-yanvar, Keshi qishlogʻi — 1981-yil, 11-may, Ashxobod) — turkman aktyori. Turkmenistan xalq artisti (1955). Turkman teatr sanʼatining asoschilaridan. 1929-yildan Mullanapasov nomidagi Turkman drama teatrida ishlagan. Hajviy va harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan ob-razlari individual xususiyatlarning yorqinligi, satirik oʻtkirligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Abu Sar-dor ("Kaymir-Koʻr"), Murodov ("Choʻpon oʻgʻli"), Xorazm xoni ("Mahtumquli"), Kent ("Qirol Lir"), Ota ("Allanning oilasi") va b. "Dursun", "Choʻponning oʻgʻli", "Maxsus topshiriq" kabi filmlarda suratga tushgan.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:5-noyabrda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar