Vera Illarionovna Duyunova (1945-yil, 4-noyabr, Krasnodar – 2012-yil, 3-fevral, Toshkent) – voleybolchi, ikki karra olimpiada chempioni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1968). ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgan (1975). 1965—78 yillarda „Avtomobilist“ (Toshkent) voleybol jamoasi hamda Oʻzbekiston voleybol terma jamoasi oʻyinchisi. Olimpiada oʻyinlarida 2 marta oltin medal bilan taqdirlangan (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). Jahon chempioni (1970, Bolgariya), Jahon kubogining (Urugvay) va Butunjahon universiadasining gʻolibi (Moskva, 1973). Jahon birinchiligining kumush medal sovrindori (Meksika, 1974). 1982 y.dan Toshkentdagi 6-bolalar va oʻsmirlar olimpiya oʻrinbosarlari sport maktabi direktori. I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Biografiyasi Vera Krasnodarda voleybol oʻynashni boshlagan. Vera 1964-yilgacha „Dinamo“ (Krasnodar), 1965—1975 – "Spartak" / „Avtomobilist“ (Toshkent) jamoalarda oʻynagan.
U 1968—1974 yillarda SSSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Unda:
Ikki karra Olimpiya chempioni – 1968 va 1972; jahon chempioni 1970; 1974-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori; 1973-yilda birinchi jahon chempionati gʻolibi.
SSSR talabalar jamoasi tarkibida 1973-yilgi Jahon Universiadasi chempioni.
1970-yillarning oxiridan boshlab u SSSR yoshlar terma jamoasining katta murabbiyi boʻlib ishlagan. 1982-yildan Toshkent sport va oʻsmirlar sport maktabi direktori. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan. 2012-yil 2-martda Toshkentda vafot etgan va Botkin qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlar va unvonlar
SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1968); Hurmat belgisi ordeni; 1-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni (Oʻzbekiston).
Manbalar
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
Chempion Vera Duyunova Xotira yodgorligi „Spartak“ xalqaro ijtimoiy jamiyati veb-saytidagi tarjimai holi Voleybol: Ensiklopediya / Comp. V. L. Sviridov, O. S. Chexov. – Tomsk: Yanson kompaniyasi, 2001.
Turkum:11-aprelda tugʻilganlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Krasnodarda tugʻilganlar Turkum:2-martda vafot etganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:SSSR voleybolchilari Turkum:Voleybol boʻyicha Olimpiada chempionlari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar