Yetim tobulgʻi (Spiraea pilosa) — raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 30—70 sm. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, baʼzan rombsimon, boʻyi 4—20 mm, eni 3—18 mm, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon toʻp gul da joylashgan. Iyun — iyulda gullaydi. Mevasi avgustda yetiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, archazor va yongʻoqzorlarda, shagʻalli ochiq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda Toshkent viloyatining togʻli tumanlarida tarqalgan. Ye. t. shirali va manzarali oʻsimlik hisoblanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Raʼnodoshlar