Dehqon Jalilov (1930-yil, 6-fevral, Andijon — 1992-yil, 6-iyul, Fargʻona) — oʻzbek dirijyori, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Moskva oʻzbek opera studiyasining simfonik orkestr dirijyorligi boʻlimini tugatgan (1951), Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetida sirtdan taʼlim olgan (1953—56). Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1941—47), Andijon (1954— 55), Buxoro (1956—59), 1960-yildan Fargʻona musiqali drama teatrlarida dirijyor. "Xolisxon" (Hamza, 1950), "Nomaʼlum kishi" (I. Sulton, 1965) kabi musiqali dramalar, "Yangi yerda" (T. Tula), "Sanʼatchi qizga", "Bazmi gul yori boʻlsa" (P. Moʻmin), "Yor kutib" (T. Mahmudov), "Zamonam mening" (H. Muhammad) va boshqa qoʻshiqlar muallifi. Dehqon Jalilovning saylanma asarlari toʻplami — "Qoʻshiqlar guldastasi"ni nashr ettirgan (1989)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Bastakorlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:2-iyunda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:7-iyunda vafot etganlar