James Prescott Joule (; 24-dekabr 1818-yil, Solford, Lankashir, Angliya 11-oktabr 1889-yil, Seyl, Cheshir, Angliya) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850-yildan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. Joule oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joule—Lenz qonunini, Emil Lenzdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). Joule ingliz fizigi William Thomson bilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning temperaturasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa Joule–Thomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. Joule termodinamik temperatura shkalasini hisobladi, temperatura tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va boshqa ishlar bilan shugʻullandiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Nashr etilgan ishlari

Manbalar

Turkum:1818-yilda tugʻilganlar Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1889-yilda vafot etganlar Turkum:11-oktabrda vafot etganlar Turkum:Fiziklar Turkum:Fizik kimyo Turkum:Fizikaga oid chala maqolalar