Tavur Jumayev (1918-yil, 11-iyun, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Buxoro teatri direktori oʻrinbosari (1947—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1949—54, 1970—72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954—57), Oʻzbek davlat estradasi (1961—63), Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti (1974—83) direktori, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi oʻquv yurtlari va kadrlar boshqarmasi boshligʻi (1972—74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eshittirish va telekoʻrsatuvlar muallifiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar