Zagreb universiteti — Xorvatiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1669-yil falsafa-teologiya oliy maktabi sifatida Lepoglav shahrida tashkil topgan. Keyinchalik Zagreb shahriga koʻchirilgan. 1874-yilda universitet maqomini olgan. Falsafa, huquqshunoslik, iqtisod, tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, meʼmorlik va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta ilmiy tadqiqot instituti, kutubxonasi (XVII asrda tashkil etilgan, 1 milliondan ortiq asar) bor. 50 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Xorvatiyadagi universitetlar