Zomin tumani − Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,912 km. Aholisi 150 ming kishi (2010). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Istiqlol, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Eng yirik qishlogʻi Yom (Jom) (jamoalar jam boʻlgan hudud).Yom (Jom) miloddan avvalgi asrlarda vujudga kelgan.
Tarixi
Oʻrta asrlarda Jizzax viloyati hududidan Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. 1868-yilda Buxoro amirligining sharqiy hududlari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklari tarkibida maʼmuriy birlik − Zarafshon okrugi tashkil topdi.
Bu okrug tarkibiga Samarqand, Urgut, Panjikent, Kattaqoʻrgʻon, Chelak va Payshanba shaharlari hamda koʻplab qishloqlar kirgan. Zomin tumani Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan.
1887-yil 1-yanvarda Zarafshon okrugi tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.
Bu viloyat 4 ta tumanga boʻlingan: Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand va Xoʻjand. Hozirgi Zomin tumani hududi Xoʻjand tumani tarkibida boʻlgan.
1918-yil 30-aprelda Samarqand viloyati hududi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi, 1924-yil 14-oktyabrda SSSR tarkibida Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi boʻlib oʻtdi. 1926-yil 29-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Jizzax viloyati tarkibida Zomin tumani tashkil etilgan.
1962-yil 24-dekabrda Zomin tumani Jizzax viloyati tarkibiga kiritilib, 1964-yil 31-dekabrda uning tarkibidan chiqarilib, mustaqil viloyatga aylantirildi.
Tabiati
Zomin tumanining shimoliy, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubiy -gʻarbiy qir-adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi shimoldan janubga tomon koʻtarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi − 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 350–360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yezda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar toʻlib oqadi. Shimoliy va markaziy adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproqlardan, janubiy qismidagi adirlar gipsli och boʻz tuproqlardan tarkib topgan. Tekisliklarda boʻz, qoʻngʻir tuproq. Tuman hududidagi Zominsoy daryosi, Achchisoy, Peshagʻarsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xoʻjamushkentsoydan sugʻorishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shoʻra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Janubiy togʻli qismi (Turkiston togʻ tizmasida)da qalin archazorlar, tabiiy oʻrmonlar bor. 3. t.da Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zomin xalq bogʻi joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, boʻri, silovsin, chiyaboʻri, tulki, kiyik, arhar, qushlardan burgut, lochin, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi koʻp.
Aholisi Aholisi, asosan, oʻzbeklar. 2020-yilda aholi soni 165 100 kishiga yetganPermanent population of Jizzakh region as of July 1, 2020, Republic of Uzbekistan Open Data Portal. 1 km ga 42 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 28118 ming kishi (2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra). Tuman aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qiladi. Tuman aholisining 93 foizdan ortigʻini oʻzbeklar tashkil qiladi. Oʻzbeklardan keyingi oʻrinda qirgʻizlar turadi. Shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xoʻjaliklari, 2 oʻrmon xoʻjaligi mavjud. 197 ming gektar yerda dehqonchilik qilinadi. Gʻalla, poliz, sabzavot, yem-xashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va koʻchatzorlar bor. Qoramol, qoʻy-echki (shu jumladan qorakoʻl qoʻylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xususiy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatadi. 75 ta umumiy taʼlim maktabi boʻlib 30 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqsa. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 oʻrinli 3 shifoxona, 8 qishloq davolash ambulato-riyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 dorixona, 94 maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Tuman hududidan qadimgi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Ustrushona, Zomin, Peshagʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼa qoldiqlari, qadimiy qabristonlar saqlangan. 1933-yildan „Sharq tongi“ gazetasi chiqadi (adadi hozir 1000). Tuman hududidan Toshkent − Samarqand temir yoʻli oʻtgan. Zomin − Toshkent, Zomin−Jizzax, Zomin − Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Turizm 250px|thumb|Zomin milliy bogʻi Oʻzbekistondagi eng yirik turistik infratuzilma tarmogʻi Zomin tumanida joylashgan. Tuman hududida koʻplab yozgi va qishki bolalar oromgohlari, alpinistlar bazalari, sport bazalari, dam olish maskanlari joylashgan.
Masalan, „Zomin“ sanatoriysi Markaziy Osiyodagi eng yirik va mashhur dam olish va sayyohlik markazlaridan biridir. Bu Zomin tumanining eng goʻzal goʻshalaridan birida − Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻrida (dengiz sathidan 2000 metr balandlikda), Zomin davlat togʻ-Archa qoʻriqxonasi hududida joylashgan.
Togʻ landshafti, toza havo va quyosh nuri − bularning barchasi nafas olish tizimi kasalliklari bilan ogʻrigan odamlar uchun iqlim-profilaktika va iqlim-terapevtik muolajalarni oʻtkazish uchun qulay sharoit yaratadi.
Zomin tumanida Ustrushona va Peshagʻar bilan bogʻliq tarixiy joylar (qadimiy shaharlar xarobalari, kam sonli meʼmoriy yodgorliklar, Zomin oʻlkashunoslik muzeyi) joylashgan.
Zomin osma dor yo‘li 25 avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etilayotgan «Zomin» turistik-rekreatsion zonasida (TRZ) osma dor yo‘li foydalanishga topshirilgan. Loyihaning qurilish-montaj ishlari qiymati 122 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Duoba qishlog‘ida barpo etilgan «Dor yo‘li» majmuasining «Zomin» osma dor yo‘li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan. Dor yo‘lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi. Uzunligi 2102 metrdan iborat bo‘lib, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabina sayyohlar xizmatiga shay. Maksimal harakatlanish tezligi esa 6 m/sek ni tashkil etadi. Soatiga 1200 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Quyi stansiya bilan yuqori stansiya o‘rtasida balandlikning farqi esa 529,5 metr.
Qirq Qiz darasi Zomin tumani hududida joylashgan Qirq Qiz darasi O‘zbekistonning eng go‘zal va sirli maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu darani nafaqat uning betakror tabiati, balki asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan afsonalari ham mashhur qilgan. Tog‘lar bag‘rida joylashgan ushbu maskan bugungi kunda sayyohlar va tabiat ixlosmandlari uchun muhim manzillardan biri sanaladi.
Qirq Qiz darasi Zomin milliy bog‘i yaqinida joylashgan bo‘lib, uning hududi baland qoyalar, tor so‘qmoqlar va yam-yashil archa o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu yerning havosi nihoyatda toza, tabiati esa sokin va maftunkor. Ayniqsa, yoz oylarida daraga tashrif buyuruvchilar salqin iqlimdan bahramand bo‘lishadi, qishda esa hudud oppoq qor bilan qoplanib, alohida go‘zallik kasb etadi.
Mazkur daraning nomi bilan bog‘liq xalq orasida keng tarqalgan afsona mavjud. Rivoyatlarga ko‘ra, qadim zamonlarda dushman bosqinidan qochgan qirq nafar qiz aynan shu daraga yashirinish uchun kelgan. Ular ozodlik va or-nomusni saqlash yo‘lida jon fido qilgan yoki mo‘’jiza sabab toshga aylangan, degan qarashlar mavjud. Shu tariqa bu maskan “Qirq Qiz darasi” deb atalib kelinadi. Ushbu afsona daraga yanada sirli va ma’naviy ahamiyat bag‘ishlaydi.
Bugungi kunda Qirq Qiz darasi ekoturizm nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Bu yer trekking, piyoda sayr qilish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish va suratga olish uchun juda qulay. Sayyohlar darada sayr qilarkan, tog‘ manzaralaridan zavq olish bilan birga, tabiatning asl go‘zalligini his etish imkoniga ega bo‘lishadi.
Shu bilan birga, daraga tashrif buyurishda ehtiyot choralariga amal qilish muhim. Ayrim joylari tik va xavfli bo‘lishi mumkin, ob-havo esa tez o‘zgaradi. Shuning uchun sayyohlarga qulay kiyim va poyabzalda borish, imkon qadar yo‘l-yo‘riq biladigan kishilar bilan safarga chiqish tavsiya etiladi.
Zomin Sanatoriyasi 1979 yilda Moskva “Soyuzkurortproekt” instituti loyihasi asosida Oʼzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi byurtmasi bosh pudratchi “Uzagrostroy” Burxonov Ibodilla Fayzullaevich boshchiligidagi MPMK- 72 quruvchilari tomonidan sihatgohniqurilish ishlari boshlab yuborildi. 1981 yil fevralь oyida Shavkat Mamatmurodov boshchiligidagi maxsus koʼchma qurilish kalonna quruvchilari tomonidanasosiy bino poydevoriga birinchi gʼisht qoʼyildi. Аsosiy bino qurilishini keyinchalik 1982-1983 yillar Luis Eman Gregorevich 1983-1985 yillarda Muxammedshin Erkin Аbduraxmonovich boshchiligidagi quruvchilar olib bordilar. Qurilish ishlarini 1985 yilda maxsus koʼchma qurilishi kalonnasiga rahbarlik qilgan Xen Klementiy Yeliseevich quruvchilari 1988 yil nihoyasiga yetkazdilar.Аsosiy binoni qurib ishga tushirilguniga qadar qurilishda bosh muxandis boʼlib Xushvaqov Shukrullo Neʼmatullaevich faoliyat koʼrsatdi. 1987 yil Inayatillo Latipovich 1987 yildan 2006 yilgacha direktor lavozimida ishlagan. 2006 yil 19 avgustdan boshlab Аxror Аsrorivich Mirziyoev direktor lavozimida 2024 yilgacha faoliyat olib bordi.Sihatgoh milliy zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarini oʼzida mujassamlashtirgan holda meʼmorlar va bunyodkorlar tomonidan dam olish va davolanish majmuasini “Katta oq kema” koʼrinishida yarim aylana shaklida bunyod etish uchun usha paytdagi muomalada boʼlgan jami 9 mln. 883 ming rubllik qurilish-montaj ishlarini bajarganlar. Sihatgoh 500 oʼringa moʼljallangan boʼlib, “oddiy”, “yarim lyuks”, “lyuks” va “apartament” xonalar qulay sharoit yaratildi. 2014 - 2015 yillar mobaynida dam oluvchilarga yanada qulay shart - sharoit yaratish maqsadida ularning madaniy - maʼrifiy xordiq chiqarishlari uchun 550 oʼrinli Аmfiteatr kontsert zali qurib, ishga tushirildi. 2015 - 2016 yillarda sanatoriyning 5 - 6 qavatlari toʼliq taʼmirlanib, hozirgi kun talablariga mos zamonaviy koʼrinishdagi jihozlar bilan dam oluvchilar uchun yotoqxonalarda qulayliklar yaratildi. 2017 - 2018 yillarda esa alohida 2 qavatli 132 oʼrinli ona - bola uchun moʼljallangan yangi zamonaviy koʼrinishda bino qurilib, 2018 yil 12 may kuni foydalanishga topshirildi. 2018 - yil 17 mayda ayrim vloyatlarda iqlim sharoitlarini oʼzgarishi natijasi, aynan zomin togʼliy va ninabargli archazorlarining xavosi quyosh nurining ulьtrabinafsha nurlari koʼproq tushishi yuqori nafas yoʼli, asmatik, alergik hamda asab tizimi kasaliklari bor bemorlarga davolanishlarida yuqori natija berayotganliklari sababli dam oluvchilarni talabi bu maskanga ortganligi tufayli “ Ishchilar shaxarchasi”dagi xonodonlarda ijaraga yotib shifo topayotgan dam oluvchilarga yanada qulay shart - sharoit yaratish maqsadida ularga ambulatoriya davolash boʼlimini toʼliq kerakli davolash apparatlar va xonalarni jixozlab ishga tushirildi. 2019 - yilda Oʼzbekiston Respublikasining Prizidenti tamonidan chiqarilgan ichki va tashqi turizimni rivojlantirish maqsadida chiqarilgan qonunga muvofiq, sanatoriyning 7 - qavati jahon talablari andozalariga toʼliq javob beradigan zamonaviy koʼrinishda qayta taʼmirlandi.Har bir xonalar oʼzgacha estetik did bilan soʼngi dizayinda qattiq va yumshoq mebllari va boshqa turliy kerakli jixozlar bilan bezatilib tijorat qavat sifatida ishga tushirildi 2020 –yilda 4 - qavati ham xar tomonlama qulay xozirgi kun talablariga va andozalariga toʼliq javob beradigan zamonaviy koʼrinishda qayta taʼmirlanib ishga tushirildi.
Ziyoratgohlar