Ibn Miskavayh (; toʻliq ismi Abu Ali Ibn Muhammad ibn Yaqub ibn Miskovayh ar-Roziy; 932-yil – 1030-yil) – arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib.

Umumjahon tarixiga oid „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“) nomli asar yozgan. Ilmi axloq va hikmatga doir „Kitob at-tahora“ („Tahorat kitobi“), „Tahziyb al-axloq“ („Axloqni tuzatish“) nomli asarlar ham Ibn Miskavayh qalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. Ibn Miskavayh asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning „Axloqi Nasriy“) yozilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Asarlari

„Kitob at-tahora“ (Tahorat kitobi); „Kitob tajorib al-umam“ („Xalqlar tajribalari kitobi“ – ) — jahon xalqlari, jumladan arablarning X asrning 80-yillariga qadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining X asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor; „Jovidoni xirad“ ( – „Boqiy aql idrok“ kitobi) — olimlarning axloq haqidagi fikrlarini jamlangan boʻlib, uning qoʻlyozma nusxalari sharqda keng tarqalgan; „Tahziyb al-axloq“ ( – „Axloqni tuzatish“).

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tarixchilar Turkum:Faylasuflar Turkum:Adiblar Turkum:Tabiblar Turkum:932-yilda tugʻilganlar Turkum:1030-yilda vafot etganlar