Island tili — xind-yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga mansub gʻarbiy skandinav tillaridan biri. Islandiyaning davlat tili. I.t.da umuman 270 mingdan or-tiq kishi soʻzlashadi (1992). Bu til vakillari Islandiyada, bir qismi Kanada va AQShda istiqomat qiladi. I.t. deyarli shevalarga ega emas. XII—XIII asrlarda I. t. fonologik tizimida qisqa va choʻziq diftonglar (ikki unli to-vush birikmasi), portlovchi, jarangsiz undoshlar paydo boʻlgan. Urgʻu soʻzlarning birinchi boʻgʻiniga tushadi. I.t.da boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar kam. XI asr oxiri va XII asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar