Sadriddin Xoʻjayevich Yoʻldoshev (22-fevral 1917 — Toshkent — 24-aprel 1993) — biolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), VASXNIL (1978) akad., biologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). Oʻrta Osiyo universiteti biologiya fakultetini tugatgan (1939). Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi (1939-41), oʻrta maktabda direktor (1942-47). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi O'simliklar eksperimental biologiyasi institutida aspirant (1948—51), katta ilmiy xodim (1951—54), Markaziy ilmiy baza direktori (1954—58), shu institut direktori oʻrinbosari (1958—65), direktori (1966—70), Butunittifoq Paxtachilik instituti ("SoyuzNIXI") direktori (197276), VASXNIL O'rta Osiyo boʻlimi raisi (1976—84). 1984-93 yillarda Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi. Ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi, ayniqsa, uning yotib qolishi sabablari, vilt kasalligiga karshi kurash masalalariga bagʻishlangan. Toshkent 2, Toshkent 3 gʻoʻza navlari mualliflaridan biriOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Polegayemost xlopchatnika i puti yeyo snijeniya, T., 1966; Regulyasiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977 (hamkorlikda); Faktori urojaynosti xlopchatnika, T., 1982 (hamkorlikda).

Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:24-aprelda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari