thumb|Antiox Kantemir Antiox Dmitriyevich Kantemir (1708-yil 10-sentyabr, Konstantinopol – 1744-yil 31-mart, Parij) – rus shoiri va diplomati. XVIII asr rus klassitsizmi va yangi hajviy sheʼriyatining asoschilaridan biri. Peterburgda taʼlim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 1738—1744 yillarda Fransiyada elchi boʻlib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 – 31 yillardagi hajviy sheʼrlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar („Petrida“), falsafiy va estetik traktatlar („Tabiat va inson haqida“, 1742 va boshqalar) yozganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1708-yilda tugʻilganlar Turkum:1744-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari Turkum:Rossiya imperiyasi shoirlari Turkum:Rossiya imperiyasi kishilari