Karimov Gʻulom (1918-yil, 11-oktyabr, Toshkent viloyati, Yonariq qishlogʻi – 2014, ) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yildan 132-gvardiyachi oʻqchi polki (2-Ukraina fronti 40-armiyaning 42-gvardiyachi oʻqchi divizioni) pulemyotchilar vzvodi komandiri, Karimov 1944-yil avgustda Ruminiyaning Pashkani shahridan janubi-gʻarbdagi Soch rayonida vzvodi bilan dushmanga qarshi jangda jasorat koʻrsatib bir qancha dot va dzotlarni yakson qilgan. 1945-yil 24 martda Qahramon unvoni berilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:10-noyabrda tugʻilganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar
Turkum:Toshkent viloyatida tugʻilganlar Turkum:Qibrayda vafot etganlar