Karqurlar () — tovuqsimonlar turkumiga mansub yirik qushlar urugʻi. Urchish davrida sayrayotgan narining qulogʻi bir necha sekund bitib, tamoman eshitmasdan qoladi (nomi shundan olingan). Uzunligi 56—85 sm, vazni 4—5,5 kg , baʼzan 6,5 kg gacha. 2 turi Yevrosiyo oʻrmonlarida: K. () Sharqiy Karpatdan Baykalgacha, tosh K. () — Baykaldan Kamchatkagacha tarqalgan. Poligam. Yerda, qishda daraxtda yashaydi. Qaragʻay, kedr, baʼzan qoraqaragʻay qubbalari, tilogʻoch va qayin kurtaklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Oʻrmonlarning kesilishi tufayli soni kamayib bormokda.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Qushlar