Kim Pen Xva (; 1905, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasi Krounovka qishlogʻi – 1974.7,5, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani) – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori. 2-marta Mehnat Qahramoni (1948; 1951). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1964). 1939-yildan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi (hozirgi Kim Pen Xva nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlib ishlagan. U rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikada eng ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, koʻp yillar mobaynida paxta, sholi, kanop va boshqa ekinlardan yuqori hosil olishga erishdi. „Paxtadan moʻl hosil yetishtirish tajribasi“ (1953), „Maʼmurchilik yoʻlida“ (1954) kitoblari bosilib chiqqan.
Shirkat xoʻjaligining „Qutb yulduzi“ markaziy qoʻrgʻonida Kim Pen Xva faoliyatiga bagʻishlangan „Zamin va inson“ muzeyi bor, bronza byusti oʻrnatilgan (1961)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Kim Pen Xvaga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Ikki karra Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan paxtakorlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Katta leytenantlar (SSSR) Turkum:Kolxoz raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar