Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo (? — 1412.2.4) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko Sh)ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi (tarkibida olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham boʻlgan) rahbari. Klavixo qadimiy va badavlat xonadonda tugʻilgan. Elchilar 1403-yil 22-mayda Kadis shahridan yoʻlga chiqib, 15 oydan soʻng Samarqandga yetib kelgan. Klavixo tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403—06) bosib oʻtilgan manzillar (Kadis, Balear orollari, Gaeta, Messina, Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezund, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik maʼlumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. Klavixoning safar xotiralari 1-marta 1582-yili Argonte de Molina shahrida „Buyuk Temur tarixi“ nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bogʻi dilkushoda oʻtkazgan qabul marosimi, ushbu bogʻ tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik sohasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Adabiyotlar Klavixo R. G. de, Dnevnik puteshestviya v Samarqand ko dvoru Timura (1403-1406), M., 1990.

Turkum:Amir Temur Turkum:1412-yilda vafot etganlar Turkum:Ispaniyalik kishilar