Koimbatur, Koyamputtur -Hindistonning jan. qismidagi shahar. Tamilnad shtatida. Aholisi 820 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 1,1 mln.). Temir yoʻl tuguni. Mamlakatning janubidagi toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Toʻqimachilik mashinalari, elektromotorlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, kimyo, sement sanoati korxonalari bor. Kino sanoati rivojlangan. Gips olinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Hindiston shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar