Ivan Nikolayevich Kramskoy [1837.27.5(8.6), Voronej viloyati — 1887.24.3(5.4), Peterburg] — rus rassomi va badiiy tanqidchisi. Peterburg Badiiyot akademiyasida taʼlim olgan (1857—63). BAdagi akademik sanʼatga qarshi chiqqan "14 lar qoʻzgʻoloni" rahbari, demokratik yoʻnalishdagi rassomlarning birinchi tashkiloti — rassomlar artelining tuzuvchisi, Birodarlik harakati yoʻlboshchisi va tashkilotchisi. Portret janridagi faoliyati rassomning isteʼdodini toʻliq namoyon etdi: "L. N. Tolstoy", "I. Shishkin" (1873), "M. Saltikov-Shchedrin" (1879) va boshqa; oddiy xalq portretlarini yaratishga ahamiyat berdi ("Miva Moiseyev", 1882; "Dehqon", 1883 va boshqalar). "Iso sahroda" (1872) asarida afsonaviy qahramonga hayotiy talqin baxsh etdi. Mavzuli kompoziyasiyalari portret kartivaga yaqin va koʻp holdarda kam kishilik. K. estetik qarashlari rus demokratik sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi, u rassomlarni milliy sanʼat yaratishga daʼvat etdi, hayotni butun borligʻi bilan ifodalashga chaqirdi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Rus rassomlari