Koʻlob (; ) — Tojikiston Respublikasining janubidagi shahar (1934-yildan). Yax-suv (Panj havzasi) vodiysida, Dushanbedan 202 km. Hazratishoh tizmasi etagida. Dushanba bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 98,5 ming kishi (2013-yillar oʻrtalari)Российские военнослужащие в Таджикистане отработают высшую степень боеготовности.

Ijtimoiy soha Akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavod, paxta tozalash, moy, sut zavodlari, goʻsht va non kombinatlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Mirsaid Hamadoniy maqbarasi (14— XVII asrlar) mavjud.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Куляб, Таджикистан — Информация о туризме и истории Куляб – древний город. Город ремесленников и поэтов

Turkum:Tojikiston shaharlari