Laylatul-qadr ( – qadr kechasi) – islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining oxirgi oʻn kunligining toq kechalari. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼonning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar.

Yana qarang

Isro va meʼroj

Manbalar

Havolalar

Bugun Laylatul qadr kechasi?.. Qadr kechasining fazilatlari va alomatlari

Turkum:Qandil kechalari