Karl Landsteiner (1868.14.6, Vena yaqinidagi Baden — 1943.26.6, Nyu York) — avstriyalik immunolog, immunogematologiya asoschilaridan. Vena (1911-yildan) va Rokfeller (Nyu-York, 1922-yildan) universitetlari professor 1922-yildan AQShda. Odamning qon gruppalarinm (1900, Ya. Yanek bilan birga) va rezus-faktorni (1940, A. Viner bilan hamkorlikda) kashf etgan, P Levin bilan odam qoni eritrositlaridagi 2 antigenni aniklagan. Zahm diagnostikasini, 1909-yilda E. Popper bilan hamkorlikda poliomiyelit infeksion kasallik ekanligini tadqiq qilgan. Uning kompleks antigenlar borasidagi ilmiy izlanishlari immunologiya fani rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1930)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1868-yilda tugʻilganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:14-iyunda tugʻilganlar Turkum:26-iyunda vafot etganlar