Pierre-Simon Laplace (1749.23.3, Normandiya, Bomon-an-Oj — 1827-yil, 3-may, Parij) — fransuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij Fanlar akademiyasi akademik (1785). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1816). Parij harbiy maktabi professor (1766-yildan). Fransiyada oliy taʼlim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va Politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. Oʻlchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790). Laplasning ilmiy faoliyati astronomiya boʻyicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; matematika boʻyicha differensial tenglamalarta; fizika boʻyicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bagʻishlangan. Uning "Osmon mexanikasi haqida traktat" asari (1798—1825) shu sohalarga bagishlangan. 1796-yilda Laplas Quyosh sistemasining paydo boʻlishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chiqdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari ham muhim. Laplas falsafiy qarashlari bilan fransuz materialistlariga yaqin turganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1749-yilda tugʻilganlar Turkum:23-martda tugʻilganlar Turkum:1827-yilda vafot etganlar Turkum:5-mayda vafot etganlar