thumb|Aleksandr Lebedev Aleksandr Alekseyevich Lebedev [1893.14(26).! 1, Litva — 1969.15.3, Leningrad] — rus fizigi, akademik (1943). Peterburg universitetini tugatgan (1916). Ilmiy ishlari texnik va amaliy optikaga hamda elektron optikaga oid. Shisha buyumlarini sekin-asta sovitish yoʻli bilan sinmaydigan qilish nazariyasini ishlab chiqqan. Bir qancha ishlari interferensiyani tekshirishga va undan foydalanishga bagʻishlangan. Qutblovchi interferometr yasagan (1931). Lebedev rahbarligida elektron mikroskopnit birinchi namunasi (1947), tez sodir boʻluvchi jarayonlarni suratga oluvchi fotokamera yaratilgan. Ilmiy ishlari fotoelektr hodisalarni oʻrganishga va nurlanish qabul qilgichlarni yaratishga tegishlidirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:1969-yilda vafot etganlar