Matvey Robertovich Lyubanskiy (1911.19.4, Minsk — 1978-yil, 8-mart, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). 1947—58 yillarda Samarqand rus drama teatri, 1958-yildan Toshkentdagi Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktyor. Ifodali nutq, sahnaviy joʻshqinlik, qahramon ichki dunyosini chuqur his qilish, qaytarilmas toʻlaqonli obrazlar yaratish L. ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Petruchchio, Otello ("Qaysar qizning quyulishi", "Otello"), Sirano de Berjerak ("Sirano de Berjerak"), Jeyms Teylor ("Qonli sarob"), Suvonqul ("Momo yer"), Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), Oʻrinboy ("Kelinlar qoʻzgʻoloni")OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:19-aprelda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:3-avgustda vafot etganlar