Norqul Ziyotovich Mamanov (1947.20.2, Toyloq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Samarqand Davlat Universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini tugatgan (1973). 1966— 86 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi 82maktabda, 1986-yildan 47maktabda ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Mamanov darslarni oʻziga xos tarzda, yaʼni reyting, bozor, sayohat, seminar, musobaqa, sud usullarini tatbiq etgan holda olib boradi va koʻrgazmali qurollardan unumli foydalanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari