thumb|Mangostan Mangostan, mangustan (Garcinia mangostana) — dalachoydoshlar oilasiga mansub ikki uyli past boʻyli daraxt. Bargi qalin, yaxlit, toʻq yashil. Guli yakka yoki toʻp-toʻp, gulbargi qalin, pushti. Vatani — Malakka va Malay arxipelagi. Osiyo tropiklarida mevasi uchun oʻstiriladi. Mevasi dumaloq (apelsindek) qizil yoki jigarrangbinafsha, xushboʻy, mazasi nordonshirin, isteʼmol qilinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Mevali daraxtlar Turkum:Bo‘yoq olinadigan o‘simliklar Turkum:Tropik mevalar