Marka (nem. Marke — chegara, chegara viloyati):
1) O'rta asrlarda Gʻarbiy Yevropada qoʻshni jamoa. Unda haydaladigan yer M. aʼzolarining xususiy mulki boʻlib, yaylov, oʻrmon va boshqa joylar umumiy mulk hisoblangan;
2) VIII—IX asrlarda Frank davlatida, oʻrta asrlarda Germaniyada Markgraf boshchiligida mustahkamlangan maʼmuriy chegara okrugi.
Manbalar