José Julián Martí Pérez (28-yanvar, 1853 – 19-may, 1895) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik kurashining gʻoyaviy tashkilotchisi, faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon. Madrid va Saragosa universitetlarini tugatgan. Kuba inqilobiy partiyasi asoschisi (1892—1898). Turli sotsial qatlam vakillarini birlashtirgan bu partiya 24-fevral 1895-yilda boshlangan Kuba milliy ozodlik qoʻzgʻolonini tashkil etishda katta rol oʻynagan. "Abdala" nomli romantik drama (1869), sheʼrlar toʻplamlarining muallifi. 11-aprelda Martí va qoʻzgʻolonning boshqa rahbarlari tushgan kema Oryente viloyatiga kelgan, biroq oradan bir oy oʻtgach, Dosrios yaqinida ispanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

thumb|300px|José Martí haykali (Sofiya, Bolgariya)

Manbalar

Havolalar

Obras completas de José Martí (Index to Complete Works; Ispancha) José Martí (.cu) José Martí (.org) Romero Family Papers Regarding José Martí and books by José Martí fully and freely available from the Digital Library of the Caribbean (dLOC) Fernandina Expedition