"Muloqot" — milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy jurnal. Muassisi: Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi.
1991-yil yanvardan nashr etila boshlagan. Jur. sahifalarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayoti yoritib boriladi. Mustaqillik zamonida xalq va yurt hayotida sodir boʻlgan oʻzgarishlar, islohotlar ilmiy-ommabop ravishda tahlil kilingan maqolalar bosiladi. Jur. sahifalarida turli jamoa tashkilotlari, jamgʻarmalar faoliyatining dolzarb muammolari yuzasidan tanqidiy taxlillar va amaliy takliflar oʻrtaga qoʻyiladi. Adadi 5.190 (2003). Bosh muharriri Barot Boyqobilov.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Jurnallar Turkum:Oʻzbekiston jurnallari