thumb|Alopecurus myosuroides Mushukquyruq () - bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻsimliklar turkumi. Boshoqlari bir gulli; mevasi — gul qipigʻi bilan birga toʻkiladigan doncha. 50 ga yaqin turi maʼlum. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil va sovuq iqlimli mintaqalarida, tropik togʻli rayonlarda oʻsadi. Koʻpchiligidan yem-xashak tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda yaylov mushuk quyrugʻi va xuppak koʻp tarqalgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Bugʻdoydoshlar