Rahmon Omonovich Muhammadiyev (1946.14.5, Denov tumani, Chagam qishlogʻi) – koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu institut koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969–71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya institutida aspirant (1971–74). Samarqand shahri, keyinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974–81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981–83). 1984-85 yillar Denov tumani, 1986-yildan Surxondaryo viloyati koʻz kasalliklari kasalxonasi bosh vrachi. Ilmiy ishlari koʻz kasalliklari xirurgiyasiga oid. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:14-mayda tugʻilganlar