Gulixon Nasriddinova (1949-yil, 7-oktyabr, Tojikiston Respublikasining Koʻlob shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Termiz pedagogika institutining chettillar fakultetini tugatgan (1971). 1971-yildan Uzun tumanidagi 4-maktabda, 1997-yildan 4-ixtisoslashtirilgan internat maktabida ingliz tili oʻqituvchisi. Gulixon Nasriddinova har bir darsni puxta, jonli, texnik vositalar va test sinovlari asosida tashkil etadi. U ish faoliyati davomida davlat taʼlim standartlarini joriy etish maqsadida no-anʼanaviy dars usullari (seminar, konferensiya, savol-javob, ekskursiya darslaridan)dan foydalanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda tugʻilganlar