Neovitalizm (neo... va vitalizm) — biologiyadagi idealistik oqim, vitalizm shakllaridan biri. XIX asrning 2-yarmida "eski" vitalizm oʻrnida paydo boʻlgan. N.ning asoschisi X. Drishning koʻrsatishicha, organizmning yaxlit va garmonik rivojlanishini materiyadan yuqori turadigan dinamik omil, yaʼni "entelexiya" belgilab beradi. Ota-ona uchun xos boʻlgan belgilarning nayelga oʻtishi va oliy nerv faoliyati ana shu entelexiya bilan bogʻliq. Moslashgashshkning nisbiyligi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin taʼlimotiga qarama-qarshi oʻlaroq, X.Drish moslashganlikni absolyutlashtiradi va uni entelexiya boshqarib turishini tan oladi. N.ning boshqa taraf-dorlari fikricha, fiziologik jarayonlar va organizmlar rivojlanishining asosini "dominanta", "hayot energiyasi", "kuch maydoni" kabi moddiy boʻlmagan "tashkillashtiruvchi" omillar tashkil etadi. Pirovardida N. teologiya bilan yaqinlashib, biologiya fanining rivojlanishiga moneʼlik qiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari