Switchfoot () amerikalik alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili San Diegoda tuzilgan. Guruhda Jon Foreman (bosh vokalchi, gitarachi), Tim Foreman (bas gitarachi, bek-vokalchi), Chad Butler (dovulchi), Jerome Fontamillas (gitarachi, klavishchi, bek-vokalchi) va Drew Shirley (gitarachi, bek-vokalchi) ijro etishadi. 2002-yili chiqqan A Walk to Remember filmiga soundtrack ishlab, mashhur boʻlib ketishdi; ularning 2003-yilgi The Beautiful Letdown albomining 2,6 million adadi sotildi. Switchfoot shuningdek joʻshqin jonli ijroli konsertlari bilan ham tanilgan. Guruhning yettinchi albomi Hello Hurricane Eng Yaxshi Rock Gospel Albomi Grammy mukofotini keltirdi.
Jon Foreman aytishicha, "Switchfoot" (ingl. "oyoq almashtiruv") atamasi surfing bilan aloqador; u surfing taxtasi ustida turgan surferning boshqa tomonga burilishi uchun chap va oʻng oyoqlarni koʻtarib joyini oʻzgartirishni bildiradi. Diskografiyasi 1997: The Legend of Chin 1999: New Way to Be Human 2000: Learning to Breathe 2003: The Beautiful Letdown 2005: Nothing Is Sound 2006: Oh! Gravity. 2009: Hello Hurricane 2011: Vice Verses 2013: Fading West
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Post-grunge guruhlar Turkum:Alternative rock guruhlar Turkum:Hard rock guruhlar Turkum:Indie rock guruhlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari