Abbosiylar inqilobi (), shuningdek, Qora kiyimlilar harakati ( ḥaraka rijāl ath-thiyāb as-savdāʾ) islom tarixidagi toʻrtta yirik xalifalikdan ikkinchisi boʻlgan Umaviylar xalifaligining (milodiy 661—750) uchinchi yirik xalifalik Abbosiylar xalifaligi (milodiy 750—1258) tomonidan agʻdarilishi voqeasi.

Abbosiylar qoʻzgʻoloni VIII asr oʻrtalarida Xurosonning sharqiy viloyatlarida Umaviylar hukmronligidan norozilik toʻlqini natijasida kelib chiqqan. Abbosiylar Muhammadning amakisi Abbosdan kelib chiqqanini daʼvo qilib, aholi orasidagi turli noroziliklar, jumladan arab boʻlmagan musulmonlarga (mavali) nisbatan kamsitish, ogʻir soliqlar va Umaviy hukmdorlarning beadabliklari haqidagi mish-mishlardan foydalanishdi. Abu Muslim Xurosoniy boshliq qoʻzgʻolon turli guruhlar, jumladan, forslar, amaldagi hukumatdan norozi arablar va shialarni paygʻambar oilasiga hokimiyatni qaytarish shiori ostida birlashtirdi. Inqilobchilar qora rangni oʻz ramzlariga aylantirishdi. Umaviylar kuchlarini magʻlub etib, gʻarbga tomon harakat boshladilar. 750-yil hal qiluvchi Zab jangida Abbosiylar qoʻshini soʻnggi Umaviy xalifa Marvon II ustidan gʻalabaga erishdi. Mazkur gʻalaba Umaviylar sulolasining qulab, Abbosiylar sulolasi hokimiyatining oʻrnatilishiga olib keldi. Yangi sulola hokimiyati esa xalifalik kuch markazining Suriyadan Iroqqa sezilarli darajada siljishi va yangi islomiy boshqaruv davrining boshlanishiga sabab boʻldiHala Mundhir Fattah, A Brief History of Iraq, p. 77. New York: Infobase Publishing, 2009. .

Kelib chiqishi 740-yillarga kelib, Umaviylar xalifaligi tang ahvolga tushib qoldi. 744-yilgi vorislik janjali Yaqin Sharqda uch yil davom etgan Uchinchi fitnaga sabab boʻldi. 745-yilda Dahhak ibn Qays ash-Shayboniy 746-yilgacha davom etgan xorijiylar qoʻzgʻolonini boshladi. Shu bilan birgan 746-yilda Marvon IIning poytaxtni Damashqdan Harranga koʻchirish qaroriga qarshi boshlangan qoʻzgʻolon natijasida Homs vayron boʻldi. Marvon II 747-yildagina viloyatlarda tinchlik oʻrnata oldi. Oradan bir necha oy oʻtgach esa Abbosiylar inqilobi boshlandiG. R. Hawting, The First Dynasty of Islam: The Umayyad Caliphate AD 661–750, p. 105. London: Routledge, 2002. .

738-yilda Hishom ibn Abdulmalik Nasr ibn Sayyorni Xuroson noibi etib tayinladi. Nasr vorislik urushi davomida ham oʻz lavozimini saqlab qolib, Marvon II tomonidan ham noiblikka tasdiqlandi.

Xuroson maydonining kattaligi va aholisining siyrakligi tufayli ham harbiy, ham tinch aholi boʻlgan arablar, asosan, Islom dinining Fors hududlariga yoyilishi davrida qurilgan harbiy qoʻrgʻonlardan tashqaridagi hududlarda ham yashagan. Ayni shu xususiyat Umaviylarning arablar mahalliy aholi bilan muloqot qilmaslik maqsadida qalʼalarda yashaydigan boshqa viloyatlaridan farq qilar ediPeter Stearns, Michael Adas, Stuart Schwartz and Marc Jason Gilbert."The Umayyad Imperium." Taken from World Civilizations:The Global Experience, combined volume. 7th ed. Zug: Pearson Education, 2014. . Xurosonga koʻchib kelgan arablar anʼanaviy turmush tarzidan voz kechib, mahalliy eroniy xalqlar kabi yashay boshladi. Xalifalikning boshqa hududlarida arab boʻlmaganlar bilan nikoh man qilingan boʻlsa-daPatrick Clawson, Eternal Iran, p. 17. Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2005. Al-Baladhuri, Futuh al-Buldan, p. 417., Xuroson hududlarida bu kabi nikohlar asta-sekin odat tusiga kira boshladi. Arablar fors kiyimlarini kiya boshlashdi. Ikki til bir-biriga taʼsir oʻtkaza borib, etnik toʻsiqlar ham yoʻqola boshladiG.R. Hawting, The First Dynasty of Islam, pp. 105 & 113..

Sabablari Abbosiylar inqilobini turli irq, toifa va tabaqalar vakillari qoʻllab-quvvatladiThe Oxford History of Islam, p. 25. Ed. John Esposito. Oxford: Oxford University Press, 1999. . Bu holat, ayniqsa arab boʻlmagan musulmonlar orasida yaqqol koʻzga tashlandiDonald Lee Berry, Pictures of Islam, p. 80. Macon: Mercer University Press, 2007. Richard Bulliet, Pamela Kyle Crossley, Daniel Headrick, Steven Hirsch and Lyman Johnson, The Earth and Its Peoples: A Global History, vol. A, p. 251. Boston: Cengage Learning, 2014. James Wynbrandt, A Brief History of Saudi Arabia, p. 58. New York: Infobase Publishing, 2010. . Hatto arab musulmonlari ham Umaviylar hukmronligi va ularning koʻchmanchilikka nisbatan joriy qilingan oʻta markazlashtirilgan boshqaruvidan norozilik bildirishdiBryan S. Turner, Weber and Islam, vol. 7, p. 86. London: Routledge, 1998. . Sunniylar ham, shialar ham Umaviylarni taxtdan agʻdarish harakatini qoʻllab-quvvatlashdiIslamic Art, p. 20. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1991. G.R. Hawting, The First Dynasty of Islam, p. 106.. Shuningdek, xalifalikning musulmon boʻlmagan fuqarolari ham diniy kamsitishlardan norozi boʻlishdiRichard Foltz, Religions of Iran: From Prehistory to the Present, p. 160. London: Oneworld Publications, 2013. .

Shialar oʻrtasidagi norozilik thumb|305px|Umaviy shahzodalar aysh-ishratga berilib, isrofgarchlik qilgani bilan mashhur boʻlgan hamda sahroda joylashgan Qasr Amra saroyi qoldirlariPatricia Baker, The Frescoes of Amra . Saudi Aramco World, vol. 31, No. 4, pp. 22–25. July–August, 1980. Retrieved 17 June 2014.. Milodiy 680-yilgi Karbalo jangida Umaviylar qoʻshini tomonidan Muhammad paygʻambarning nabirasi Husayn ibn Ali, uning qarindoshlari va safdoshlari qatl etilishi voqeasini shialar Umaviylarga qarshi norozilik harakati ramziga aylantirishdi. Abbosiylar Umaviylarga qarshi xalq harakatini qoʻzgʻash uchun Karbalo voqeasidan unumli foydalanishgan.

Hoshimiya harakati (Qaysaniy shialarning bir tarmogʻi) Umaviylar sulolasiga qarshi soʻnggi kurashni boshlashda hal qiluvchi rol oʻynagan. Ularning dastlabki maqsadi Umaviylar sulolasini Aliy hukmron oilasi bilan almashtirish boʻlganFarhad Daftary, Ismaili Literature: A Bibliography of Sources and Studies, p. 4. London: I.B. Tauris and the Institute of Ismaili Studies, 2004. H. Dizadji, Journey from Tehran to Chicago: My Life in Iran and the United States, and a Brief History of Iran, p. 50. Bloomington: Trafford Publishing, 2010. . Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolon maʼlum darajada shialik gʻoyalari bilan ham bogʻliq ediMatthew Gordon, The Rise of Islam, p. 46. Westport: Greenwood Publishing Group, 2005. . Bu vaqtda shialarning Umaviylar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolonlari allaqachon bir necha bor sodir boʻlgan, biroq ular Ali avlodidan boʻlgan hukmdorni xohlashlari haqida ochiq-oydin aytishgan edi. Zayd ibn Ali Iroqda Umaviylar bilan jang qilgan, Abdulloh ibn Muoviya esa Fors davlati ustidan qisqa muddat hukmronlik oʻrnatgan edi. Ularning oʻldirilishi nafaqat shialar orasidagi Umaviylardan norozilik kayfiyatini oshirdi, balki Iroq va Forsda yashovchi shialar va sunniylar uchun birlashish chaqirigʻi ham boʻldi. Shu bilan birga asosiy shia muxolif kuchlarining qoʻlga olinib, qatl etilishi Abbosiylarni Umaviylar hokimiyati oʻrniga yagona jiddiy daʼvorgarga aylantirdiG.R. Hawting, The First Dynasty of Islam, p. 113..

Abbosiylar oʻzlarining kimligini oshkor qilmay, faqatgina Muhammad avlodidan boʻlgan, musulmon jamoasi xalifasi boʻlishga rozi boʻladigan hukmdorni xohlashlari haqida aytish bilan cheklanishdiللرضا من ءال محمدʿALĪ AL-REŻĀ, Irannica. Koʻplab shialar bu daʼvo tabiiy ravishda Aliy hukmdorni anglatadi, deb oʻylashdi. Abbosiylar esa shialarning qoʻlloviga erishish uchun bu fikrni yashirincha ragʻbatlantirib turishdiThe Oxford History of Islam, pp. 24–25.. Abbosiylar Umaviylarga raqib boʻlgan Banu Hoshim urugʻiga mansub boʻlishsa-da, „Hoshimiya“ atamasi aynan hazrati Alining nabirasi va Muhammad ibn al-Hanafiyyaning oʻgʻli Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Hanafiyyaga nisbatan ishlatilgan boʻlishi mumkin.

Baʼzi rivoyatlarga koʻra, Abdulloh 717-yilda Humaymada Abbosiylar sulolasi yetakchisi Muhammad ibn Ali Abbosiyning uyida vafot etgan. Vafotidan oldin Muhammad ibn Alini oʻziga voris etib tayinlaganHala Mundhir Fattah, A Brief History of Iraq, p. 76.. Mazkur rivoyat toʻqima deb hisoblansa-da, oʻsha paytda Abbosiylar sulolasiga Muhammad ibn al-Hanafiyya tarafdorlari ekanini taʼkidlagan Muxtor as-Saqafiyning muvafaqqiyatsiz qoʻzgʻoloni ishtirokchilarini ham oʻz atrofida birlashtirish imkonini berdi. Inqilob avj pallasida ekan qaysaniy shialarning aksariyati yo Abbosiylar sulolasiga sodiqligini eʼlon qilgan (masalan, Hoshimiyya)Farhad Daftary, Ismaili Literature, p. 15.Moojan Momen, An Introduction to Shi'i Islam, pp. 47–48. New Haven: Yale University Press, 1985. , yoki shialikning boshqa oqimlari tomonga oʻtib ketgan edi. Natijada, qaysaniylar butunlay yoʻq boʻlib ketdiHeinz Halm, Shi'ism, p. 18. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2004. . Arab boʻlmagan sunniylar oʻrtasidagi norozilik Umaviylar davlati etnik jihatdan arab, biroq eʼtiqodi musulmon boʻlgan kishilarning manfaatidan kelib chiqib boshqariladigan arab-markaziy davlat boʻlib tarixda qolganIvan Hrbek, Africa from the Seventh to the Eleventh Century, p. 26. Melton: James Currey, 1992. . Arab boʻlmagan musulmonlar oʻzlarining marginal ijtimoiy mavqeidan norozi boʻlib, Umaviylar boshqaruviga qarshi boʻlgan Abbosiylar muxolif harakatiga osonlikcha ergashib ketdilar. Arablar byurokratik va harbiy sohalarda hukmronlik qilib, Arabistondan tashqaridagi hududlarda mahalliy aholidan alohida qalʼalarda yashashgan. Islomni qabul qilgandan keyin ham arab boʻlmaganlar yoki mavalilar ushbu garnizon shaharlarda yashay olishmagan. Arab boʻlmagan kishilarga hukumat ishlarida ishlashga ruxsat berilmagan, shuningdek, ular Umaviylar armiyasida ofitserlik lavozimlarini egallash huquqiga ham ega boʻlishmagan. Buning ustiga, mahalliy aholi islomni qabul qilmagani uchun jizya soligʻini toʻlashda davom etishi lozim ediStearns, Adas et al., "Converts and People of the Book."The Umayyads: The Rise of Islamic Art, p. 40. Museum with No Frontiers, 2000. Philip Adler and Randall Pouwels, World Civilizations, p. 214. Boston: Cengage Learning, 2014. . Umaviylar hukmronligi ostidagi gʻayridinlar ham xuddi shu koʻrsatmalarga boʻysunishga majbur boʻlishganJohn Esposito, Islam: The Straight Path, p. 34. Oxford: Oxford University Press, 1998. . Arablar va arab boʻlmaganlar oʻrtasidagi irqlararo nikohlar ham kamdan-kam uchrar edi. Bu kabi nikohga faqatgina arab erkak va arab boʻlmagan ayollarga ruxsat berilib, arab boʻlmagan erkaklar arab ayollarga uylanishiga ruxsat berilmagan.

Aholi islom dinini asta-sekin qabul qildi. Arab boʻlmagan inson islomni qabul qilmoqchi boʻlsa, nafaqat oʻz ismidan voz kechishi, balki ikkinchi darajali fuqaro boʻlib qolishi ham kerak edi. Arab boʻlmagan shaxs arab qabilasi tarkibiga „qabul qilinar“, lekin bunday shaxslar qabil nomini oʻzlashtira olmasdi. Chunki bu holat arablarning irqiy sofligi haqidagi tasavvurni buzish xavfini tugʻdirishi mumkin edi. Arab boʻlmaganlar dinni qabul qilishdan oldin qul boʻlmagan boʻlsa-da, qabila tarkibiga kirgach, „erkin al-(qabila nomi)“ familiyasini olishardi. Bu familiya, aslida, dinni oʻzgartirishga homiylik qilgan qabilaga boʻysunishni anglatardiFred Astren, Karaite Judaism and Historical Understanding, pp. 33–34. Columbia: University of South Carolina Press, 2004. .