„Captain America: The Winter Soldier“ () — 2014-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi toʻqqizinchi film; „Captain America: The First Avenger“ (2011) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Bosh rollarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika rolida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Toby Jones, Jenny Agutter, Robert Redford va Samuel L. Jackson ijro etgan.
„Captain America: The Winter Soldier“ premyerasi 2014-yilning 13-martida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Prokatlarda umumjahon boʻylab $714 million mablagʻ toʻplab, 2014-yilning yettinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Captain America: Civil War“ 2016-yil chiqarilgan.
Rollarda thumb|„Captain America: The Winter Soldier“ aktyorlar jamoasi 2013-yil San Diego Comic-Conda (CH-Oʻ: prodyuser Kevin Feige, VanCamp, Mackie, Smulders, Jackson, Johansson, rejissorlar Anthony va Joe Russolar, Evans, Grillo, Stan).
Chris Evans — Steve Rogers / Kapitan Amerika Scarlett Johansson — Natasha Romanoff / Qora beva Sebastian Stan — James Buchanan „Bucky“ Barnes / Winter Soldier Anthony Mackie — Sam Wilson / Falcon Cobie Smulders — Maria Hill Frank Grillo — Brock Rumlow Emily VanCamp — Sharon Carter / Agent 13 Hayley Atwell — Peggy Carter Robert Redford — Alexander Pierce Samuel L. Jackson — Nick Fury
Musiqasi Treklist
Manbalar
Havolalar
Turkum:2014-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:2014-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Kapitan Amerika Turkum:4DX-filmlar Turkum:Anthony va Joe Russo filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar