Jeffrey Preston Bezos (; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan); and Robinson (2010), p. 7. amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir. Bezos 1994-yilda hozir jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi.
Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan.
2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi.
Manbalar
Havolalar
Jeff Bezos TED saytida
Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:Amerikalik dasturchilar