A Beautiful Mind (Goʻzal idrok) — 1998-yilda Silviya Nazar tomonidan yozilgan, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati John Forbes Nash hayotiga bagʻishlangan biografik roman. Ushbu asar 1998-yilda National Book Critics Circle mukofotini qoʻlga kiritdi va Pulitzer mukofotiga nomzod boʻldi. 2001-yilda roman asosida rejissyor Ron Howard tomonidan „Tafakkur oʻyinlari“ filmi suratga olingan1999 Pulitzer Prize Winners & Finalists — The Pulitzer Prizes.
Sujet Kitobda Nashning bolaligi, Prinston va MITdagi faoliyati, RAND korporatsiyasidagi ishlari, oilaviy hayoti hamda shizofreniya kasalligi bilan kurashi batafsil yoritiladi.
Roman 1994-yilda Neshga Nobel mukofoti topshirilishi bilan yakunlanadi. Unda matematik dahoning tabiatidan tashqari, uning shaxsiyati va ichki motivatsiyasi ham chuqur tahlil qilingan.
Qabul qilinishi Roman 1998-yilda „National Book Critics Circle“ mukofotiga loyiq koʻrildi hamda Pulitzer va „Rhône-Poulenc“ mukofotlariga nomzod qilib koʻrsatildi. 1999-yilda „The New York Times“ gazetasining biografiya yoʻnalishidagi eng yaxshi bestsellerlar roʻyxatidan joy oldiThe Pulitzer PrizesPrizes for Science Books previous winners and shortlists , The Royal Society website.
Tanqid Kitob qahramonning rasmiy ruxsatisiz va muallif bilan bevosita hamkorlik qilinmasdan yozilgani, shuningdek, undagi baʼzi axloqiy masalalar tufayli keskin tanqidga uchragan.
Moslashtirish Asar asosida rejissyor Ron Howard tomonidan suratga olingan, bosh rollarni Russell Crowe va Jennifer Connelly ijro etgan „Tafakkur oʻyinlari“ filmi kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Film toʻrtta, jumladan, „Eng yaxshi film“ va „Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy“ yoʻnalishlarida „Oscar“ mukofotini qoʻlga kiritdi. Manbalar
Havolalar
Turkum:Romanlar Turkum:Biografik asarlar