Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabr; Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va mehnat vaziri oʻrinbosari.

Biografiyasi Nozim Husanov 1976-yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy.

Taʼlim 1997-yilda – Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda – Toshkent moliya institutini tamomlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2017/01/26/first-deputy-hokim/, 2007-yilda – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini 1997-yilda „Saʼdilla“ jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, soʻngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan „Tadbirkorbank“ aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles boʻlimi bosh mutaxassisi, soʻngra boshqaruvchi oʻrinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. 2005-yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandihttps://mehnat.uz/oz/employees. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda – Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlaydihttps://uz.sputniknews.ru/20190912/Chto-izvestno-o-novom-ministre-truda-Uzbekistana-12408047.html. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandihttps://kun.uz/ru/85048495. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

Mukofotlari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandihttps://podrobno.uz/cat/obchestvo/novym-glavoy-mintruda-stal-nozim-khusanov-/.

Xorijiy mamlakatlarga tashriflar Nozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar