Anvar Qurbonovich Berdiyev (1978-yil 11-mayda, Muborakda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Neftchi futbol klubida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Anvar Berdiyev futbolchilik faoliyatini katta qismini Fargʻonaning Neftchi klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Superligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.

Faoliyati Futbolchi sifatida Anvar Berdiyev mehnat faoliyatini Temiryoʻlchi klubida boshlagan"Anvar Berdiev. 6 Yanvarya 2009.. „Mashal“ va „Nasaf“ klublarida oʻynagan. 2000-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtib, eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2001-yilda u Oʻzbekiston chempioni, 2012-yilda esa chempionatning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.https://www.gazeta.uz/ru/2013/02/21/uff/ 2012-yil 29-dekabrda IFFHS hali ham faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiyev faoliyati davomida 433 ta oʻyinda 205 ta gol urgan holda roʻyxatda 18-oʻrinni egalladi. 2012-yil 31-dekabrda IFFHS oʻzining yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiev 240 gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-oʻrinni egalladi.

1998-yil 24-aprelda Ozarbayjonga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Hammasi boʻlib 5 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi.

Anvar Berdiyev 225 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlaridan hisoblanadi (2018-yil 23-oktyabr holatiga koʻra). 2012-yilning 13-sentyabr kuni „Qizilqum“ga qarshi oʻyinda 199 va 200-gollarni kiritdi va Oʻzbekiston chempionatida Zafar Xolmurodovdan keyin 200ta gol urgan ikkinchi futbolchi boʻldihttps://archive.today/20130421184159/http://championat.uz/ru/news-8/21105.html Anvar Berdiev zabil svoy yubileyniy 200-gol.

2013-yil 28-iyun kuni Anvar Toʻxtayevich „Neftchi“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga oʻtdi va u bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladihttps://fcbunyodkor.com/ru.php/news/sections/club/7044. 2015-yilning yozida u „Bunyodkor“ni tark etdi va „Andijon“ bilan shartnoma imzoladi. „Andijon“ safida 11ta oʻyinda maydonga tushgan Berdiev 7ta gol urdi va „Andijon“ning Oʻzbekiston ligasida qolishiga katta hissa qoʻshdi. U 7 ta gol bilan „Andijon“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2018-yilning yanvar oyida Berdiev yana „Neftchi“ klubi tarkibiga qaytgan. 2018-yilning 12-iyun kuni u Oʻzbekiston Superligasidagi Andijon jamoasi safida 500-rasmiy oʻyinini oʻtkazib, 88-daqiqada „Neftchi“ darvozasini ishgʻol qilgan.

2019-yilda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 2019-yilning avgust oyida Berdiyev futbolchilik faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini Fargʻonaning Istiqlol klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida boshlaganini eʼlon qildi.

2023-yildan 2025-yilgacha Shoʻrtan klubi Bosh murabbiyi boʻlganEshitdik-da! „Shoʻrtan“ bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. 2025-yil 9-iyunda „Neftchi“ klubining seleksioner murabbiyi sifatida tayinlangan.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarMash'al1995O'zbekiston Oliy ligasi254 2541996247 237Jami4811 4811Nasaf1997O'zbekiston Oliy ligasi2212 1912199827926919992912 2912Jami7433 7433Neftchi2000O'zbekiston Oliy ligasi3817 20013114 20022918 20031217 200492 20052410 2006269 2007299 20082512 20092313201022102011211120122219201363Jami311164Bunyodkor2013O'zbekiston Oliy ligasi942014111201520Jami225Andijon2015O'zbekiston Oliy ligasi11720162242017O'zbekiston Birinchi ligasiJami3311Neftchi2018O'zbekiston Super ligasi121Umumiy faoliyat statistikasi505225 505225

Yutuqlar Futbolchi sifatida Oʻzbekiston chempioni (2): 2001, 2013 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (5): 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013 Shaxsiy yutuqlar Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012 (19 ta gol) Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi Manbalar

Havolalar Anvar Berdiyev NFT saytida Anvar Berdiyev Soccerway saytida Anvar Berdiyev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Shoʻrtan klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari