thumb| Reyn midiyalari Reyn midiyalari () nemis oshxonasining klassik taomi. Taomning asosiy ingredientlari — Reyn deltasi yaqinidagi Shimoliy dengizdan midiyalar hamda Oʻrta va Yuqori Reynda keltirilgan oq musallas.Daryo transporti yaxshi rivojlangani tufayli bu mahsulotlarni topish qiyinchilik tugʻdirmagan.Midiyalar 20-asr boshlariga qadar Germaniyada kambagʻallarning taomi hisoblanar edi, urushdan keyingi davrda midiyalar qoʻylar, sigirlar boqilgan dengiz qirgʻogʻidan ovlangan. Bu davrda Shimoliy Reyn-Vestfaliyaga tez-tez yuborilgani uchun ham oziq-ovqat tanqisligi kamroq sezilgan. Shu tariqa midiyalar Reyn-Rur mintaqasida mashhur taomga aylanganDie Welt: Uteshenie midiyami.

Reyn uslubida midiya tayyorlash uchun piyoz, sabzi va seldereylar kub yoki somon shaklida toʻgʻraladi, qizib turgan sariyogʻda qovuriladi va koʻp miqdorda oq sharobda, yaxshisi quruq Rieslingda dimlanadi. Taʼbga koʻra tuz, qora murch dafna yaprogʻi, qalampirmunchoq va sarimsoq piyoz solinadi. Yuvilgan tirik midiya tayyor boʻlgan bulonga solinadi va qobigʻi ochilguncha dimlanadi. Germaniyaning shimolida Reyn uslubidagi midiya pivo, bulon yoki oddiy suv bilan ham tayyorlanadilieferando.de: Midii po-reynski.

Reyn uslubidagi midiyalar anʼanaviy ravishda chuqur likoplarda, idishda yoki ogʻirligi deyarli bir kilogramm boʻlgan qopqoqli tuvaklar sabzavotli shoʻrvasida solib dasturxonga tortiladiDie Welt: Opyat xochetsya midiy. Qora non va sariyogʻ bilan isteʼmol qilinadirewe.de: Midii po-reynski koelnreporter.de: Reynskie midii.

Manbalar

Adabiyotlar

Tom Dieck: Pottkieker. 50 klassische norddeutsche Gerichte mit Geschichte. Koehler, Gamburg 2013, ISBN 978-3-7822-1079-9, S. 40-41.

Havolalar

Westdeutscher Rundfunk: Reyn uslubidagi midiya ) Kabel Eins: Reyn uslubidagi midiya ) Turkum:dengiz mahsulotlari Turkum:Reyn oshxona Turkum: alifbo tartibida oziq-ovqat