Guliston — Oʻzbekistondagi shu nomdagi shaharning futbol klubi.

1962-yilda tashkil etilgan. 1969-yildan SSSR chempionatining ikkinchi ligasida oʻynagan. Uy uchrashuvlarini „Guliston“ markaziy stadionida oʻtkazgan.

Tarixi „Paxtachi“ futbol klubi Guliston shahrida 1962-yilda tashkil topgan. 1969-yilda jamoa SSSR chempionatining Oʻrta Osiyo guruhining „B“ toifasida debyut qildi. 1981-yilda jamoa ikkinchi divizion, 6-zonada 11-oʻrinni egalladi, ammo keyingi mavsumda klub yana professional musobaqalarda qatnashmadi. Futbol bo‘yicha SSSR Ikkinchi quyi ligasining 9-zonasida 21-o‘rinni (26 jamoa ichida) egallagan.

1992-yilda klub nomini „Shifokor-Guliston“ deb oʻzgartirdi va Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida debyut qildi. Klub birinchi o‘rinni egallab, keyingi ikki mavsum davomida O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynadi. 1994-yilda oʻz nomini „Guliston“ deb oʻzgartirdi, lekin mavsumni oxirgi, 16-oʻrinda yakunladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 1999-yilda klub Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi ligasida ham oʻynagan.

„Guliston“ Oʻzbekiston Oliy ligasida 4 mavsum oʻynadi: 1993, 1994, 2000 va 2003-yillarda. Klub 1992-yilda Birinchi ligada gʻolib chiqdi va Oʻzbekiston Oliy ligasiga yoʻl oldi. 2001-yilda „Guliston“ va „Yangiyer“ klublari Sirdaryo viloyati vakili hisoblangan „Sirdaryo“ klubiga birlashdi. 2009-yildan klub yana „Guliston“ nomi ostida, „Yangiyer“ esa alohida jamoa sifatida oʻynadi.

2011-yilgi mavsum yakunida „Guliston“ futbol klubi Oliy ligaga chiqdi. Klub 2012-yilgi mavsum oldidan moliyaviy muammolar tufayli Oʻzbekiston Oliy ligasiga kira olmadi va uning oʻrniga „Qizilqum Zarafshon“ klubi tayinlandi„Gulistan“ ne bude vistupati v Oliy Lіzі . 2011-yil 19-dekabrda Aleksandr Mochinov klubga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi"Gulistan not to play in Oliy Liga . Uzdaily.com, 7 January 2012..

Birinchi liganing 2012-yilgi mavsumi yakunida „Guliston“ klubi oʻz divizionida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, yana Oʻzbekiston Oliy ligasiga yoʻl oldi. 2013-yilni „Guliston“ jamoasi yaxshi boshlagan edi, ammo mavsumni 13-oʻrinda yakunladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. Klub Bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov 2013-yil dekabr oyida klubni tark etgan.

Nomlari 1969—1991 — „Paxtachi“. 1974— „Motor“. 1992—1993 — „Shifokor“. 1994—2004 — „Guliston“. 2005—2008 — „Sirdaryo“. 2009—2014 — „Guliston“. 2026-yildan — „Guliston“ Liga tarixi MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurarlarMurabbiyDivizionOʻrinOʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga1992Birinchi liga1302154722447Nimchorak final1993Oliy liga14308319377619R32 Rinat Sayfutdinov6 Rizo Malayev199416306222166414R32 Vladimir Karnauxov61995Birinchi liga21269107373037R3219961552201121877771FR*199794220319803763R321998203842323011814PR1999Ikkinchi liga2000Oliy liga18388723397031 - Zokir Berdiqulov92001Birinchi liga4321958472362 -20021222444682276R32 Vladimir Gavrilov182003Oliy liga16306321226521GS Murod Jalilov42004Birinchi liga4402299824675R1672005153410420505634GS Akmal Suyarov15200620386329369915R32 Joʻrabek Doʻsmatov Xurshid Yoʻldoshev72007Ikkinchi liga 2008 20091440016112 -2010Birinchi liga3301839593157FR20112301983562165R1620122302055694165R16 Baxtiyor Ashurmatov2013Oliy liga132662182862201/4 Muydin Mamazulunov10 Baxtiyor Ashurmatov2014Birinchi liga 2015Ikkinchi liga 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni: (2) 1992, 2002 Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: (2) 2011, 2012 Turkmaniston Prezidenti kubogi toʻrtinchi oʻrin: 2000

Tarkibi Birinchi jamoa tarkibi GULISTON 2026 TARKIBI

Klub hodimlari

Hozirgi murabbiylar shtabi LavozimXodimlarBosh murabbiy Abbosbek ErgashevBosh murabbiy yordamchisi Abbosbek MahstaliyevFitnes murabbiyi Zafar Qoraqulov

Oxirgi yangilangan: 2025-yil 19-dekabr Manba:

Boshqaruv hodimlari LavozimXodimlarPrezidentOybek AshurmatovBosh direktorJahongir Jiyamurodov

Oxirgi yangilangan: 2025-yil 19-dekabr Manba:

Boshqaruv tarixi IsmDavr Mannop Yoqubov1970 Vitaliy Suyunov1973 Vladimir Desyatchikov1974—1981 Rizo Malayev1991—1993 Viktor Remesnik1995 Murod Otajonov Aleksandr Lushan2011 Aleksandr Mochinov2011 Zohd Nurmatov2012 Baxtiyor Ashurmatov2012—2013 Bobur Mirzousmonov2014 Abbosbek Ergashev2025—hozirgacha

Manbalar

Havolalar Guliston futbol klubi Rasmiy sayti Guliston futbol klubi Footballfacts saytida Guliston futbol klubi Soccerway saytida

Turkum:Guliston PFK Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Sirdaryo viloyati futbol klublari Turkum:Gulistonda sport Turkum:1962-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari