link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a7/Volodymyr_Ariev2.jpg/220px-Volodymyr_Ariev2.jpg|thumb| Volodimir Ariyev konferentsiyada (2012-yil) Volodimir Ariyev — ukrainalik jurnalist, kinorejissyor, "Cheklangan hudud" loyihasining muallifi. Shuningdek, u 2007-yilgi Ukraina parlament saylovlaridan buyon Ukraina parlamenti deputati, 2015-2019-yillarda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Ukraina delegatsiyasining raisi, Yevropa Parlament Assambleyasi vitse-prezidenti (2015, 2018), Yevropa Parlamenti Assambleyasining Madaniyat, taʼlim, fan va ommaviy axborot vositalari qoʻmitasi prezidenti (2016-2017).
Biografiya Volodymyr Ariev 1975-yil 31-martda Ukraina poytaxti Kiyevda tugʻilgan .
Ta'lim
1992-yilda Kiyevdagi Tabiat va fan litseyini tamomlagan. 1998-yilda Kiyev Milliy universiteti qoshidagi Jurnalistika institutini tugallaydi . 1994-yilda Kiyevdagi BBC Jahon Xizmati maktabida tahsil olgan.
Faoliyati
1993-yil fevral - 1994-yil oktyabr — muxbir yordamchisi, BBC Ukraina va Rossiya xizmatlarining stringeri (masofadan ishlovchi va ishbay oylik oluvchi muhbir va fotograf) boʻlib ishlagan, (Kiyev) 1994-yil oktyabr - 1996-yil yanvar — "Internyus" maxsus muxbiri, "Vikna-novyny" yangiliklar dasturining boshlovchisi. 1996-yil yanvar - 1996-yil may — "Vikna" axborot agentligida maxsus muxbir 1996-yil may - noyabr — UT-1 kanalidagi "Xayrli tong Ukraina!" yangiliklar blokining boshlovchisi. 1996-yil noyabr - 2003-yil sentyabr — Axborot-tahlil xizmati, Inter telekanali maxsus muxbiri 2002-yil — , 1+1 studiyasi jurnalisti 2003-yil mart - 2004-yil mart — mustaqil jurnalist va "Viloyatdan tashqari" (STB) dasturi muallifi,"Zerkalo Nedeli" haftalik dasturida mustaqil yozuvchi; "Profi TV" AJ televizion axborot agentligining maxsus muxbiri 2004-yil mart - 2005-yil dekabr — "Yopiq hudud", "5-kanal" dasturining rejissyori va muallifi 2007-yil — 5 Kanal Vladimir Ariev prodyuserlik markazi bilan hamkorlikni parlament saylovlarida ishtirok etgani sababli toʻxtatdi.
2007-yil noyabr oyidan beri "Bizning Ukraina - Oʻzini oʻzi himoya qilish xalq bloki" roʻyxatlari boʻyicha saylangan Oliy Radaning 6-chi deputati .
2012-yil noyabr oyida Oliy Radaning deputatligiga ikkinchi muddatiga 218-sonli Kiev saylov okrugida saylangan.
2014-yil noyabrida esa 8-Oliy Rada deputatligiga uchinchi muddatga Petro Poroshenko bloki uchun qayta saylangan.
2015-yildan beri Ukraina PASE delegatsiyasining raisi boʻlib kelmoqda.
2015-. 2018-yillarda PACE vitse-prezidenti boʻlgan.
2016-2017-yillarda Yevropa Parlamenti Assambleyasining Madaniyat, taʼlim, fan va ommaviy axborot vositalari qoʻmitasi prezidenti, Yevropa Parlamenti Assambleyasining OAV erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi boʻyicha Bosh maʼruzachisi boʻlgan
2017-yil sentyabr oyidan boshlab Ariyev "Direct" telekanalida siyosiy tok-shouni olib boradi.
2019-yilgi Ukraina parlament saylovida "Yevropa birdamligi" partiyasi uchun 4-marta parlamentga saylangan.
Kino sanoatida yaratgan filmlari
Donetsk mafiyasi. "Zmina" studiyasida, 2007-yil. 1960-yilgi Kiev fojiasi. 2008-yil Qora dengiz sirlari. 2009-yil Ukraina: demokratiyadan xaosgacha. Grain de Sables (Fransiya) bilan birgalikda yaratilgan. 2012-yil
Mukofotlar
2004-yilda Inson huquqlari mavzusini ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi yoritgani uchun V.Marchenko mukofoti sovrindori boʻlgan 2005-yilda Jurnalistikadagi muvaffaqiyat uchun O. Krivenko mukofoti bilan mukofotlangan. "TV-triumf" milliy mukofoti sovrindori (2005, 2006)
Oilasi Ariev "Cheklangan hudud" prodyuserlik kompaniyasi bosh muharriri Natalka Fitsich (1977-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurgan. Ularning Yarina (2000-yilda tugʻilgan) ismli qizi bor.
Yana qarang
2007-yilgi Ukraina parlamenti a'zolari roʻyxati Oliy Rada
Manbalar:
Havolalar
Ukraina Oliy Radasi rasmiy veb-saytida Vladimir Ariyevning profili
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar