Koʻlob markaziy stadioni () – Tojikistonning Koʻlob shahridagi koʻp maqsadli stadion boʻlib, mamlakatning Xatlon viloyati hududida joylashgan. Stadionda „Ravshan“ jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazadi.

Tarix Stadion 1966-yilda Tojikiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining buyrugʻi bilan qurilgan. Qurilgach ishlari yakunlangach, stadionga dastlab „Paxtakor“ nomi berilgan boʻlsa, keyinchalik stadion nomi oʻzgartirilgan.

Stadion 20 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va stadionda futbol oʻyinlaridan tashqari boshqa sport turlari boʻyicha ham musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, arenada shahar va mamlakatning asosiy bayramlari oʻtkaziladi.

Manbalar

Havolalar

Stadion haqida maʼlumot. worldstadiums.com ushbu manzildan

Turkum:Alifbo boʻyicha stadionlar Turkum:Tojikiston futbol stadionlari